«Asar nomida ramziylik bor». «Mazaxchini oʻldirish» asari haqida
Bu asar haqida juda koʻp iliq fikrlar eshitgandim va oʻqigach, amin boʻldimki, asar haqiqatdan ajoyib, umuminsoniy masala koʻtarilganligi jihatidan dolzarb. Irqchilik, duragaylarning jamiyatga aralasha olmasligi, «qora»larning jamiyatda buyumchalik qadri yoʻqligi, «negrparvar» degan soʻzning haqoratga teng ekani, oq tanlilar ularning ustidan istagandek hukmfarmolik qilishi mumkinligi Tom Robinsonning sudi misolida koʻrsatib beriladi. Jinsiy tajovuzda ayblangan bu odamning […]




