Akadem

Qobiljon Shermatov: “25 yoshimda asarim maktab darsligiga kiritildi”

“Balki Mosh ham tush ko‘rar”, “Qishloqjonim”, “Bir quloqli qo‘zichoq”, “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” nomli she’riy va nasriy asarlar muallifi, iste’dodli bolalar shoiri va yozuvchisi, “Ilhom” davlat mukofoti sovrindori Qobiljon Shermatov – jurnalimizning bu galgi mehmoni. Suhbatimiz uning adabiyot olamiga kirib kelishi, muvaffaqiyatlarga erishishida kitoblarning tutgan o‘rni, bolalar adabiyotidagi yutuq va kamchiliklar, kelajakdagi rejalari haqida kechdi. — […]

Xulio Kortasar: “Hamisha hammadan oldinda”

Agar yozuvchi jamiyat taraqqiyoti yo‘lida halol xizmat qilishga intilsa, adabiyotda, hayotda hamisha oldingi o‘rinni egallashi kerak, deb hisoblagan hozirgi zamon Lotin Amerikasining yirik adiblaridan biri – Xulio Kortasar. Xalqaro adabiyot maydonida Xulio Kortasarni haqli ravishda birinchi raqamli Argentina yozuvchisi deb baholaganlar. Mana, o‘ttiz yildan oshdiki, bu baho o‘zgarmasdan turibdi. Ajoyib romannavis, qisqa novella, hikoya ustasi […]

НОВОҚЕЪ МУҲИТ САРҲАДЛАРИДАГИ ЁЛҒИЗЛИК

Б и р г а п б и л а н а й т г а н д а, китоб пештахталарини хом-хатала ёзилдиқлар чинакамига забт этган, кимлар учундир китоб ёзиш писта чақишдай, сақич чайнашдай осон машғулотга, эрмакка айланган, сўз санъатига муҳаббатли инсонлардан бирининг эътирофи янглиғ “Ўтирса роман, турса қисса, юрса ҳикоя ёзиб қўядиганлар” урчиган, не-не […]

«Asar nomida ramziylik bor». «Mazaxchini oʻldirish» asari haqida

Bu asar haqida juda koʻp iliq fikrlar eshitgandim va oʻqigach, amin boʻldimki, asar haqiqatdan ajoyib, umuminsoniy masala koʻtarilganligi jihatidan dolzarb. Irqchilik, duragaylarning jamiyatga aralasha olmasligi, «qora»larning jamiyatda buyumchalik qadri yoʻqligi, «negrparvar» degan soʻzning haqoratga teng ekani, oq tanlilar ularning ustidan istagandek hukmfarmolik qilishi mumkinligi Tom Robinsonning sudi misolida koʻrsatib beriladi. Jinsiy tajovuzda ayblangan bu odamning […]

«Qancha ko’p yozilsa, shuncha yaxshi…»

“Odamzodga xos qiziq odatlar bor. U bir narsaga mahliyo bo’lsa, undan ko’ngil uzishi juda qiyin. Masalan, kimdir daryoni, kimdir tog’larni, kimdir dalani sevadi.” Suvsizlik, ekologik muammolar, havoning kundan-kun ifloslanib borishining intihosi bormi? Bosh qahramon Orif aynan shu soha mutaxassisi. Uning o’y xayoli Jayhun loyihasida bo’lib, loyiha Sibir daryolarini kanal orqali O’zbekistonga olib kelishdan iborat. Aynan […]

Nazar Eshonqul: Maymun yetaklagan odam (hikoya)

Bu voqеa uch yillar oldin bo’lgan edi. Shu ko’chadan bir uyni ijaraga olib ko’chib kеlganimda cholning sharti kеtib, parti qolgandi, u ko’chaning muyulishida mеn egallagan uyga qo’shni hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski o’rindiqda chuqur o’yga tolgan holda ko’rgan edim.

Kitobxon mulohazalari: Harper Lining «Mazaxchini oʻldirish» asari haqida

Tarixdan olgan bilimlarimiz, filmlarda koʻrgan sahnalarimizdan maʼlumki, Amerika Qoʻshma Shtatlarida irqiy kamsitilishlar koʻplab uchragan. Maktablar deysizmi, shifoxonalar deysizmi yoki qabristonmi – hammasi ikki irq vakillari uchun alohida-alohida boʻlgan. Mabodo qaysidir qora tanli oq tanlilar uchun belgilangan joylarga kirsa yoki faqat oq tanlilar foydalanadigan narsalardan foydalansa, eng yumshoq muomala qilinganda ularni qattiq haqorat qilib quvishgan. Agar […]

“Daryo toshqin, suvlar to‘lqin, o‘tolmayman, yor-yor…”

Yozuvchi Furqat Alimardonning “Pichirlangan sirlar” qissasi mintaqamizga tahlika solib turgan suv muammosiga bag‘ishlangan. Asar qahramoni 2030 yilga borib, O‘zbekistonda 7 kub kilometr suv tanqisligi kuzatilishi haqidagi xabarni o‘qib qoladiyu, ko‘ksiga g‘ulg‘ula tushadi. Butun asar davomida suv muammosini yechish bo‘yicha izlanadi. Umuman olganda, muallifning badiiy niyati, kitobxonga aytmoqchi bo‘lgan asosiy fikri ezgu. Avvalo, yirikroq asar yozishga […]

Dilsora Mirzaahmedova: “Xitoyda hamma bir-birini senlaydi, oʻqituvchiligingizni bilib qolishsa, darrov sizlay boshlashadi”.

Pekin shahrida joylashgan Markaziy millatlar universitetining o‘zbek tili o‘qituvchisi Dilsora Mirzaahmedova Xitoyning oʻqituvchilarga eʼtibori, taʼlim va kitobxonlik kabi mavzulardagi savollarimizga javob berdilar. — Hozirda mehnat faoliyatingizni Xitoyda olib borar ekansiz. Bu mamlakatga ilk safaringiz qanday boʻlgani va u yerda qolishingizga nimalar turtki boʻlgani haqida gapirib bersangiz. — Biz Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika […]

«Aziz Nesin hikoyalari men uchun bolaligim hikoyasidir»

Bolaligimda tuman kutubxonasining bir necha ming kitobini oʻqib chiqqanman. U paytda na bir bukblogerlar, na bir yoʻl koʻrsatuvchi odam bor edi. Adabiyot darslarida nima qilganimiz esimda yoʻgʻu, har holda kitob haqida gaplashmaganimiz aniq. Juda koʻp kitobni tushunmasdan oʻqib tashlayverganman, shu bois yodimdan koʻtarilgan. Biroq Aziz Nesin yodimda qolgan. Uning bolalar haqidagi hikoyalari qandaydir shoʻx, quvnoq, […]

Shopping cart close